09:25 / 03.08.2015
1960

Malayziya bosh vaziri ijtimoiy tarmoqlarda senzurani kuchaytirmoqchi

Malayziya bosh vaziri Najib Razzoq mishmish va tuhmat tarqalishiga qarshi kurash doirasida ijtimoiy tarmoqlar nazoratini kuchaytirishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda The Straits Times nashri xabar bermoqda.
Razzoqning ta'kidlashicha, tuhmat tarqalishi to‘xtatilmasa, mamlakatda maxsus sud ham yaratilishi mumkin. U texnik taraqqiyotga to‘sqinlik qilmagan holda o‘z kurashini davom ettirishiga ishontirib o‘tdi.
“Biz kibermaydondagi hujumlarga uchrayotgan bir vaziyatda ushbu holatni o‘nglashga harakat qilishimiz kerak”, – dedi Razzoq.

Top