08:25 / 03.08.2015
1960

Nigeriya armiyasi "Boko Haram" tutqunligidagi 178 kishini ozod qildi

Nigeriya harbiylari "Boko Haram" jangarilari qo‘lida tutib turilgan 170 nafardan ortiq kishini ozodlikka chiqardi. Bu haqda Channel News Asia xabar bergan.

Ozod qilinganlardan 100 nafardan ortig‘i bolalar, 67 nafari ayollar ekani aytilgan. Ular Nigeriya shimoli-sharqidagi Maydaguri shahri yaqinida nigeriyalik askarlar tomonidan o‘tkazilgan maxsus amaliyot orqali ozod qilinishgan.

"Bu amaliyot davomida "Boko Haram" jangarilari boshliqlaridan biri ham qo‘lga olindi. Ayni vaqtda u so‘roq qilinmoqda", deb ma'lum qilgan Nigeriya armiyasi amaldorlaridan biri.

Top