23:31 / 03.08.2015
11225

Nyu-Yorkda samolyotdan o‘zib ketgan NUJ bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi

Internetda Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi aeroportdan uchib chiqqan samolyotdan o‘zib ketgan sirli jism aks etgan video paydo bo‘ldi.

Ushbu antiqa videoni Virgin Atlantic aviakompaniyasiga tegishli samolyotlardan biri havoga ko‘tarilganida Rik ismli havaskor rejissyor olishga muvaffaq bo‘ldi.

Videoda o‘zgasayyoraliklar kemasiga o‘xshash sirli jism yo‘lovchi samolyotiga yetib olib, undan o‘zib ketganini ko‘rish mumkin.

“Mening fikrimcha bu noma'lum uchar jism bo‘lgan, chunki menda bunga boshqacha izoh yo‘q. Men videoni do‘stlarimga ko‘rsatganimda bizning fikrlarimiz turlicha bo‘ldi, shuning uchun men videoni internetda joylashtirishga qaror qildim”, deb aytdi Rik The Daily Mirror nashriga bergan intervyusida.
Internetda video borasida ancha shiddatli bahs-munozara ko‘tarildi. Kimdir videoda oddiy qushni ko‘rganini aytsa, kimdir buni videomontaj yoki kadrga shunchaki yot jism tushib qolganini aytgan. Biroq ufologiya sohasidagi mutaxassislar bunday keskin fikrlar bildirishga shoshilmayaptilar.
“Buni haqiqatda nima ekanini aytish qiyin. Boz ustiga videoning sifati ham ko‘ngildagidek emas. Biroq shuni aytish mumkinki, bu jism qushga uncha o‘xshamaydi. Agar yaxshilab qaralsa, bu NUJ ekanligini ham ko‘rish mumkin”, deb aytmoqda britaniyalik ufolog Rus Kellett.

Top