17:01 / 03.08.2015
3547

Odamlar 13 tramvayni kutishda davom etishmoqda

Shanba, yakshanba va hattoki dushanba kunlari ham 2015 yilning 1 avgustidan yopilgan №13 tramvay yo‘nalishi bekatlarida odamlarni ko‘rish mumkin, deb yozadi «Gazeta.uz» internet-nashri.

Manbaning ma'lum qilishicha, yo‘lovchilar Mirzo Ulug‘bek va Parkent ko‘chalari kesishmasida, sobiq «Mashinasozlar» bozori, Eski ToshTI hamda Kichik halqa yo‘lidagi bekatlarda tramvayni kutib turishgan.

Odamlar xabarni eshitib: «Qanaqasiga? Bunaqa bo‘lishi mumkin emas! Hazillashdingiz-a!» deya munosabat bildirishmoqda va biroz o‘tib bekatlarni tark etishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 13 raqamli tramvay yo‘nalishi sarf-xarajat o‘zini oqlamayotgani sababli 1 avgustdan boshlab Shimoliy Vokzal – Qo‘yliq yo‘nalishigacha qisqartirilgandi.

Top