18:27 / 03.08.2015
2321

Oyiga 440 dollar evaziga robotni ijaraga olish imkoniyati tug‘ildi

Yaponiyaning SoftBank telekommunikatsion kompaniyasi o‘tgan yilning oktabridan Pepper gumanoid robotiga buyurtmalar qabul qila boshlagan edi. U ko‘ngil ochish, tarbiyalash, o‘qitish, yordam berish va suhbat qurish funksiyalariga egadir. Vaqt o‘tishi bilan robot yanada aqlliroq bo‘lib bormoqda.

O‘tgan yili Xitoyning gigant korporatsiyalari Alibaba va Foxconn SoftBank’ning robotexnika bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmasiga umumiy hisobda 236 mln dollar pul tikishdi. Ular kompaniya robotlarini jahon bozoriga qisqa muddatda chiqarishni rejalashtirmoqda.
2015 yilning 20 iyunida Pepper robotlarining cheklangan adadi sotuvga chiqarildi. Robotlar 1 610 dollar narxda bir daqiqa ichida sotilib ketdi.
Endi SoftBank robotning biznesga mo‘ljallangan versiyasini taqdim qilmoqchi. Pepper for Biz nomli robotni turli jamoat joylarida, restoranlarda, shifoxonalarda qo‘llash mumkin. Tadbirkorlar uni 440 dollar evaziga bir oyga ijaraga olishi mumkin bo‘ladi. 36 oylik shartnoma tuzilgan taqdirda buyurtmachi 15 940 dollar to‘laydi.

Top