10:21 / 03.08.2015
17619

"O‘zbeknavo": Lisenziyasi olib qo‘yilgan Lola bundan hali ham saboq chiqargani yo‘q

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan litsenziyasi bekor qilingan xonanda Lola bundan yetarli xulosa chiqarmaganligi aytildi.

“Darakchi” nashrining yozishicha, litsenziyadan mahrum bo‘lganidan keyin ham u internetga yana ochiq-cochiq holatdagi suratlarini qo‘ymoqda.

“Ko‘ramiz befarqlik qayergacha borarkan. Demak, Lolaning kelgusida ijod qilish niyati yo‘q. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi nafaqat Lola, balki litsenziyasi to‘xtatilgan boshqa xonandalarning litsenziyasi olingan davrdagi faoliyatini, ijodini, omma qarshisida qanday namoyon bo‘layotganini monitoring qilib boradi. To ijobiy natijaga erishmagunimizcha, litsenziyani qaytarmaymiz”, deydi “O‘zbeknavo” birlashmasi boshqarma boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov ushbu holatga munosabat bildirib.

Birlashma vakili xonandalar uyida bemalol istagan kiyimda yurishi mumkinligi, ammo xalq qarshisiga chiqqanda milliy qadriyatlarga hurmat ko‘rsatishi lozimligini ta'kidlagan.

Top