17:34 / 03.08.2015
2044

Platini FIFA prezidentiga aylansa, JCh ishtirokchilari sonini 40taga yetkazmoqchi

FIFA prezidentligi uchun nomzod Mishel Platini mazkur lavozimni egallagan taqdirda Jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etadigan terma jamoalar sonini 32tadan 40tagacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar tarqatdi.

Shuningdek, Platini maydonda qo‘pollik ishlatgan futbolchilar uchun 10 daqiqalik chetlatishni anglatuvchi oq kartochkalarni joriy qilish bo‘yicha ham ish olib borish niyatida. Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, sobiq fransuz futbolchisi UYeFA prezidentligi davrida Yevropa chempionati final bosqichi ishtirokchilari sonini 16tadan 24tagacha oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Top