21:26 / 03.08.2015
4049

Samarqand viloyatida kuydirgi alomatiga ega kasallar borligi inkor etildi

O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Davlat bosh veterinariya boshqarmasida yaqinda bir qator xorijiy OAVlarda Samarqand viloyatida 19 kishi kuydirgiga gumon qilinib shifoxonaga yotqazilgani haqidagi xabar inkor etildi.

“Bu ma'lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Na Samarqand viloyatida, na O‘zbekistonning boshqa hududlarida kuydirgi alomatlariga ega bo‘lgan kasallar aniqlanmagan”, deb aytdi boshqarma rahbari Bahrom Norqobulov.

Norqobulovning ta'kidlashicha, o‘z vaqtida amalga oshirilayotgan profilaktik choralar tufayli joriy yilda fermerlik, dehqonlik va shaxsiy xo‘jaliklarda mavjud bo‘lgan chorva kuydirgiga qarshi immunlangan.

Norqobulov O‘zbekistonning barcha veterinariya xizmatlari zaxirada bu kasallikka qarshi yetarlicha miqdorda emlash vositasiga ekanligini qo‘shimcha qilib o‘tdi. Bundan tashqari, kasallikning tarqalish manbalari doimiy nazorat ostiga olingan. Chorvani so‘yish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha qat'iy choralar ko‘rilmoqda. Aholi o‘rtasida muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Norqobulov shu bilan birga yoz mavsumida chorva orasida yuqumli kasalliklarning tarqalishi xavfi kuchayishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Top