18:06 / 03.08.2015
3103

Xitoylik farrosh eskalator mexanizmiga tiqilib qolishi natijasida jarohatlandi

Xitoydagi savdo markazlarining birida farrosh eskalator atrofini tozalayotgan paytda eskalator mexanizmiga tiqilib qolgan. Bu haqda video tasvir Gazeta.ru internet nashriga joylashtirilgan.

Oxirgi soniyalarda erkak kishi uni qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq jabrlanuvchi oyog‘idan jiddiy jarohat olgani aytilmoqda.

Tez tibbiy yordam xodimlari unga voqea joyida dastlabki yordam ko‘rsatishgan.

Top