12:04 / 03.08.2015
2937

Xitoyliklar barmoq izi skaneri displeyga o‘rnatilgan innovatsion smartfon tayyorlamoqda

Xitoyning unchalik mashhur bo‘lmagan Blackview kompaniyasi barmoq izi skaneri displeyga o‘rnatilgan ilk smartfonni yaratmoqda. Qurilma MediaTek kompaniyasining 10 yadroga ega protsessori, 4 GB tezkor xotira, 2K tiniqlikdagi tasvirlarni ko‘rsatish imkonini beruvchi displey hamda 20 megapiksel asosiy kamera bilan jihozlanadi. Smartfon 2 turda, ya'ni : 16 va 32 GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan variantda sotuvga chiqariladi.

Ushbu smartfonning boshqa raqobatchilaridan asosiy farqi, bu uning barmoqni skaner qiluvchi datchigi qurilmaning alohida qismida emas, balki displeyning o‘zida joylashganlagidadir. Smartfonning egasi barmog‘ini displeyga qo‘yganda datchik qisqa soniyalar ichida barmoqni izini skaner qiladi va egasini tanib olgan holda smartfondan foydalanish imkonini beradi.

Mobinfo.uz bergan xabarga ko‘ra, hozircha smartfonning narxi, nomi va qolgan tehnik xususiyatlari ma'lum emas. Qurilma shu yilning sentabr oyida sotuvga chiqarilishi taxmin qilinmoqda.

Top