11:26 / 03.08.2015
3345

Yaponiya AQShdan Yaponiya rahbariyati qo‘ng‘iroqlarining kuzatilishi borasida tushuntirish talab qilmoqda

Yaponiya AQSh rasmiylariga murojaat qilib, milliy xavfsizlik agentligi tomonidan Yaponiya bosh vaziri va bir qator korporatsiyalar rahbarlarining telefon qo‘ng‘iroqlari kuzatilishi haqidagi axborotni sharhlab o‘tishni talab qiladi. Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga bayonot berdi.
31 iyul kuni Wikileaks portali AQSh milliy xavfsizlik agentligiga oid yangi maxfiy hujjatlarni e'lon qildi. Ularda Yaponiya rahbariyati, xususan, bosh vazir, markaziy bank raisi, moliya va iqtisodiyot vazirlarining telefon qo‘ng‘iroqlari kuzatib borilganligi bayon etilgan.
“Agar bu to‘g‘ri bo‘lsa, juda achinarlidir. Biz e'tirozimizni bildirishga majburmiz. Ammo dastlab Yaponiya hukumati ushbu axborotni tekshirib ko‘radi”, – ta'kidladi Suga.

Top