14:46 / 03.08.2015
1780

"Yuventus" Maskeranoni xarid qilmoqchi

"Yuventus" "Barselona"ning argentinalik yarim himoyachisi Xaver Maskerano bo‘yicha taklif tayyorlamoqda.

Yozgi transferlar vaqtida "Real"dan xarid qilingan Sami Xedira jarohat tufayli kamida 2 oyga safdan chiqqach, turinliklarda uning o‘rniga yangi futbolchi olib kelish zarurati paydo bo‘lgan.

Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, Maskerano ham o‘z futbolchilik faoliyatini Italiyada yakunlash niyatida.

31 yoshli ushbu tayanch yarim himoyachisining transfer qiymati 10-15 mln yevro bo‘lishi mumkin.

"Barselona" 2016 yilning yanvarigacha yangi futbolchilarni o‘ynata olmasligi bo‘yicha taqiq ushbu transferning amalga oshishida to‘siq bo‘lishi mumkin.

Top