10:30 / 04.08.2015
7016

“Kommersant'”: Lavrov Putinning IShID bo‘yicha rejalarini oshkor qildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan muzokaralar chog‘ida prezident Vladimir Putinning IShID guruhiga qarshi kurash bo‘yicha rejalarini oshkor qildi, deb yozadi “Kommersant'” nashri.
Rossiya keng koalitsiya yaratib, mintaqaning boshqa kuchlari qatori unda Suriya va Iroq armiyasi harbiylari va kurdlar ishtirok etishini taklif qilmoqda.
Bundan tashqari, AQSh Suriyaga nisbatan yangi strategiyani qabul qildi. Unga ko‘ra, muxolifatning har qanday tahdidi Vashingtonning qurolli aralashuviga sabab bo‘lishi mumkin.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQShning bunday yondashuvi noqonuniy va nomuvofiqligini qayd qilib o‘tgan. Ma'lumki, bir yil oldin AQSh tomonidan xalqaro koalitsiya tuzilgan va unga Iroq hukumati rozilik bergan, ammo harakatlar rasmiy Damashq bilan muvofiqlashtirilgan.

Top