18:09 / 04.08.2015
5048

Alisher Usmonov Rossiya futboliga 1 mlrd rubl yordamida beg‘araz yordam ko‘rsatdi

Rossiyalik taniqli milliarder, tadbirkor va jamoat arbobi Alisher Usmonov Rossiya futbol ittifoqi tomonidan murabbiy Fabio Kapello bilan shartnomaning bekor qilishi munosabati bilan mutaxassisga to‘lanadigan tovon pulining bir qismini o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda 2 avgust kuni TASS agentligi xabar berdi.
“Davlatimiz va Rossiya jamoat tashkilotlari o‘zlarining zimmasidagi majburiyatlarini bajarashi muhim deb hisoblayman, ayniqsa taklif qilingan xorijlik mutaxassislar bilan ishlaganda”, – ta'kidladi tadbirkor.
Fabio Kapello bilan shartnoma iyul oyida bekor qilindi. Usmonov ushbu shartnoma bo‘yicha to‘lovlarning birinchi transhini amalga oshirdi. Buni 1 avgust kuni sport vaziri Vitaliy Mutko ham “Rossiya 2” telekanali efirida tasdiqladi.
“Alisher Usmonovga u qiyin vaqtda qarzimizni yopishga bergan yordami uchun minnatdorchilik bildiraman”, – dedi u.
Bunga qadar Usmonov Kapelloning maoshi bo‘yicha qarzdorlikni o‘tashda yordam ko‘rsatib kelayotgan edi. Buning uchun u futbol ittifoqiga fevralda 400 mln, iyunda esa 300 mln rubl taqdim etdi.

Top