17:22 / 04.08.2015
7002

Anvar Alimov: Xususiy shifoxonalar bepul birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga majbur

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xususiy shifoxonalar qanday hollarda bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishi lozimligi haqidagi savolga javob berdi.
“Shoshilinch holatlarda nodavlat tibbiyot muassasi bemorga faqat birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga majbur, – uning so‘zlarini keltiradi “Oila davrasida” nashri. – Bunday birlamchi yordam bepul, albatta. Xususiy shifoxonalarning litsenziya olish
shartlarida mazkur talab o‘z aksini topgan”.
Shuningdek, u Toshkent tug‘ruqxonalarida bo‘lajak onalardan propiska talab qilinishi noqonuniy ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Top