10:29 / 04.08.2015
3389

AQShning sobiq prezidentining jigarida jarrohlik amaliyot o‘tkazildi

AQShning sobiq prezidentlaridan biri Jimmi Karterning jigarida jarrohlik amaliyot o‘tkazildi. CNN telekanalining ma'lum qilishicha, amaliyot chog‘ida jigarning kichik bir qismi olib tashlandi.
Aytilishicha, amaliyot qiyinchiliklarsiz kechgan, shifokorlar yaqin orada uning sog‘lig‘i butunlay tiklanishi ma'lum qilgan.
Sog‘lig‘idagi muammolar tufayli may oyida Karter Gayanaga safarini bekor qilgan edi.

Top