17:31 / 04.08.2015
1679

Biatlon bo‘yicha amaldagi Jahon kubogi sohibasi Domracheva yangi mavsumni o‘tkazib yuboradi

Biatlon bo‘yicha o‘tgan mavsumdagi jahon kubogi umumiy natijalariga ko‘ra bosh sovrinni qo‘lga kiritgan belaruslik biatlonchi Darya Domracheva 2015/2016 yilgi Jahon kubogini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Bu haqda «Tribuna.com Belarus» nashri xabar tarqatdi.

Bir oy muqaddam Domrachevaga shifokorlar mononukleoz virusi kasalligi tashxisini qo‘yishgandi. O‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng belaruslik sportchi navbatdagi mavsumni o‘tkazib yuborishni ma'qul ko‘rdi.

Daryaning so‘zlariga ko‘ra, u individual tarzda mashg‘ulotlarni davom ettiradi. U kelgusi mavsumda yana katta sportga qaytishga va'da bergan.

Top