Britaniyalik suzuvchi Adam Piti Qozonda bo‘lib o‘tayotgan suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatining 50 metrga brass usulida suzish musobaqasining yarimfinalida jahon rekordi o‘rnatdi. U belgilangan masofani o‘zining avvalgi natijasini 0,2 soniyaga yaxshilab, 26,42 soniyada bosib o‘tdi.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha final 5 avgustda bo‘lib o‘tadi.