18:56 / 04.08.2015
2249

YeI va Vetnam erkin savdo bo‘yicha kelishuvga erishdi

YeI va Vetnam 2.5 yil davom etgan muzokaralardan so‘ng erkin savdo zonasi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu yangilik Yevrokomissiyaning matbuot xabarnomasi orqali yetkazildi.
“Kelishuvga erishildi. U Osiyoning eng shiddat bilan o‘sayotgan iqtisodiyotlaridan biri savdo munosabatlarini rivojlantirish imkonini beradi”, – dedi savdo bo‘yicha yevrokomissar Sesiliya Malstryom.

Uning fikricha, erkin savdo zonasi ikki tomon uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochib beradi: “Yevropadagi 31 mln ish o‘rni eksport hajmiga bog‘liqdir. YeIga 90 mln iste'molchiga ega Vetnamning tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan bozoriga chiqish muhimdir”.
Yaqin orada kelishuv tasdiqlash uchun YeI kengashi va Yevroparlamentga yetkaziladi.

Top