22:03 / 04.08.2015
3527

Gamburgda Ikkinchi jahon urushi paytidagi bunkerda portlash oqibatida 38 kishi jarohat oldi

Gamburgda Ikkinchi jahon urushi paytidagi bunkerda portlash yuz berdi, deb xabar bermoqda NBC News.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 38 kishi jarohat oldi.

Qayd etilishicha, portlash to‘lqini oqibatida yetti qavatli qo‘shni binoning oynalari sinib ketgan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar binoda chiqqan yong‘inni bartaraf qilmoqdalar.

Portlash sababi hozircha noma'lumligicha qolmoqda. Bunkerning bir qismidan 100 tonnaga yaqin efir moyini saqlash uchun foydalanilgan.

Top