19:17 / 04.08.2015
5218

Janubiy Koreya elchixonasiga soxta hujjat bilan kelgan kishi soxta diplom sotuvchi guruhni fosh qilib qo‘ydi

Janubiy Koreyaga iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassis sifatida ishlashga ketayotgan fuqaro Vladislav Ten o‘z hujjatlari bilan Janubiy Koreyaning Toshkentdagi elchixonasiga keldi. Ammo elchixona xodimlari diplomning haqiqiyligidan shubhalanib, IIBga tekshirishga yubordi. Shu tariqa qo‘lga olingan Ten so‘roq davomida unga ushbu diplomni tayyorlab bergan jinoiy guruh a'zolarini birma-bir sanab berdi.
“Na postu” gazetasida keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, guruhga boshchilik qilgan Sergey Li yoshligidan soxta hujjatlar tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan. Unga bu ishda sheriklari yordam bergan: Stanislav ismli shaxs mijoz topib bergan, Tatyana Bochkaryova esa soxta imzolar qo‘yish borasida mutaxassis sanalgan. Guruh uzoq yillar mobaynida bu ish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Ayni paytda tergov ishlari davom etmoqda. Guruh tomonidan amalga oshirilgan barcha jinoyatlar miqdori aniqlanmoqda.

Top