18:12 / 04.08.2015
2026

Koreya prezidenti MERS epidemiyasi tufayli sog‘liqni saqlash vazirini bo‘shatdi

Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe sog‘liqni saqlash vaziri Mun Xen Pxyoni lavozimidan ozod qildi. Associated Press agentligining ma'lum qilishicha, bunga yaqinda mamlakatda avj olgan MERS epidemiyasi sabab bo‘lgan.
Uning o‘rniga vazirlik rutbasiga Pak xonim tibbiyot professori Chun Chin Yubni taklif qildi.
Mamlakatda avj olgan Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusi epidemiyasi natijasida 36 kishi halok bo‘ldi. Mamlakat iqtisodiyoti turistlar oqimining to‘xtashi natijasida katta ziyon ko‘rdi.

Top