08:38 / 04.08.2015
3778

OAV: Uill Smit 17 yillik turmushdan keyin rafiqasi bilan ajrashmoqda

AQSh tabloidlari “Qora kiyimdagi odamlar”, “Men afsona” kabi mashhur filmlar yulduzi Uill Smit 17 yillik turmushdan keyin rafiqasi Jada Pinkett Smit bilan ajrashayotgani haqida maqolalar yozishni davom ettirmoqda.

46 yoshli Uill Smit va 43 yoshli Jada Pinkett Smitning turmushi anchadan beri “chok-chokidan yirtilayotgan edi” va oxir-oqibat ajrim bilan yakunlanmoqda. Gollivud juftligi vaqtlar sinovidan o‘ta olmadi. Juftlik anchadan beri birga yashamaydi.

“Uill va Jada uchun so‘nggi yillar juda og‘ir kechdi – ularning turmushi go‘yoki hayotni sun'iy ta'minlash tizimidagi kabi kechayotgan edi”, deb yozmoqda oilaga yaqin bo‘lgan kishilardan birining gaplarini AQSh OAVlari.

Ayni paytda juftlik 240 mln dollarlik mol-mulk va ko‘chmas mulkni bo‘lishish haqida maxfiy kelishuvni tayyorlash bilan mashg‘ul.

Yulduzli juftlikning farzandlari kim bilan qolishi masalasi ochiqligicha qolmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, juftlikning 17 yoshli Jyeyden va 14 yoshli Uillou ismli farzandlari onalari bilan birga qolishadi.

Top