18:04 / 04.08.2015
2977

Obama iqlim o‘zgarishi bo‘yicha reja taklif qildi

AQSh prezidenti Barak Obama ekologiya monitoringini oshirish va gaz tashlamalarini kamaytirishga qaratilgan Clean Energy Plan (Toza energiya rejasi) ni taklif qildi. Bloomberg agentligining ma'lum qilishicha, AQSh chiqindilar hajmini 2005 yil ko‘rsatkichlariga nisbatan 32 foizga qisqartirmoqchi. Reja 2030 yilga qadar amalga oshiriladi.

“Biz sayyora atmosferasini 870 mln tonna karbonat angidriddan qutqaramiz”, – ta'kidladi AQSh yetakchisi.
Shuningdek, u iqlim o‘zgarishlarini insoniyat kelajagiga bo‘lgan asosiy tahdid deb hisoblashini ma'lum qildi. Obama ishlab chiqarish qoldiqlarining atmosferani bulg‘ashiga qarshi, shuningdek, muqobil energiya manbalarini rivojlantirish uchun zaruriy choralarni ko‘rish va faollashtirib borish talab etilishini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga qaraganda, oxirgi o‘n yillikda AQSh bu borada boshqa davlatlardan ko‘ra samaraliroq ishlar olib bordi.

“Iqtisodiyotning o‘sib borganligiga qaramay, biz ishlab chiqarish chiqitlarining atmosferaga chiqarilishini boshqa davlatlarga nisbatan ancha faol kamaytirdik. Ammo fan yanada ko‘proq ish qilish kerakligini ta'kidlamoqda. Agar biz hammasini to‘g‘ri qilmasak, balki, vaziyatni o‘nglay olmay, orqaga qaytara olmay qolamiz”, – ta'kidladi prezident.

Top