10:21 / 04.08.2015
2752

Puerto-Riko defolt yoqasiga kelib qoldi

Puerto-Riko defolt yoqasiga kelib qoldi, deb xabar beradi CNN telekanali.
Reyting agentliklari majburiyatlarning bajarilmayotganini yaqinda e'lon qilishi kutilmoqda. Hukumat qarzdorlik bo‘yicha 58 mln dollarlik to‘lovlarni 1 avgust kunidan kechiktirdi, 3 avgust kuni esa byudjyetda pul yo‘qligi ma'lum qilindi.

Orolning kreditorlar oldidagi qarzdorligi 70 mlrd dollarni tashkil qiladi. Rasmiy hukumat hozircha bu borada bayonot bermagan bo‘lsa-da, orol gubernatori Alexandro Garsiya Padilya davlat qarzini o‘tay olmasligini, iqtisodiyotda qiyinchilik yuzaga kelganligini tan oldi.
Avgust oxiriga qadar ishchi guruh iqtisodiyotni qutqarish rejasini taqdim etishi kutilmoqda. Shunga qaramay, ekspertlar Puerto-Rikoni allaqachon “Amerika Gretsiyasi” deb atamoqda.

Top