18:38 / 04.08.2015
3722

Rossiya migratsion xizmati ikkinchi fuqarolik haqida ma'lumot bermagan rossiyaliklarga 7 mln rubl jarima soldi

Rossiya federal migratsiya xizmati boshqa davlat fuqaroligini olgani haqida ma'lumot bermagan rossiyaliklarga 7 mln rubl jarima soldi.
“Joriy yilda ikkinchi fuqarolik yoki chet elda yashashga ruxsatnoma olgani haqida ma'lumot bermaganlardan umumiy miqdorda 7 mln rubl jarima undirildi”, – dedi xizmatning matbuot bo‘limi vakili Interfaks muxbiri bilan muloqot chog‘ida.

Top