18:52 / 04.08.2015
4201

Rossiya va Norvegiya chegaralarni aniqlashtirishni boshlashdi

Rossiya va Norvegiyaning tegishli idoralari ikki davlat o‘rtasidagi chegaralarni qayta ko‘rib chiqishni boshladi. Bu haqda Rossiyaning Kirkenesdagi bosh konsulligi Feysbukdagi sahifasi orqali ma'lum qildi.
“1947 yildan buyon birinchi marta Rossiya va Norvegiya ikki davlat o‘rtasidagi chegaralarni qayta ko‘rib chiqishga kirishdi. Chegara asosan daryolar, ko‘llar va botqoqliklardan o‘tadi”, – deyiladi xabarnomada.
Mutaxassislar daryolar, ko‘llar va botqoqliklar chuqurligidan chegara chizig‘ini o‘tkazishi talab qilinadi. Ularning tubini suratga olish ishi bilan Rossiyaning “Aerogeodeziya” agentligi shug‘ullanmoqda. Norvegiya esa asbob-uskuna taqdim etdi.

Top