10:17 / 04.08.2015
2426

Samarqandda mashinasining o‘g‘irlanganligi haqida yolg‘on ma'lumot bergan shaxs jazoga tortildi

Samarqandda mashinasining o‘g‘irlanganligi haqida yolg‘on ma'lumot bergan shaxs jazoga tortildi. Bu haqda “Kuch – adolatda” nashri yozmoqda.
Keltirilishicha, samarqandlik Elmirza Boqiyev 2013 yili sotib olgan VAZ-2107 mashinasini chet elga ketish oldidan jizzaxlik Istam Suvonovga ijaraga bergan. Biroq, chet eldan qaytgach, ijara pulini ololmagan.

Uning pullarini qaytarmagan do‘stini “jazolash” maqsadida Boqiyev IIBga murojaat qilib, mashinasining o‘g‘irlab ketilgani haqida ariza yozib berdi. Biroq tergov jarayonida uning yolg‘oni fosh etilib, uning o‘zi javobgarlikka tortildi.
Sud unga oylik ish haqining 20 foizini davlat hisobiga ushlab qolish yo‘li bilan 1.5 yillik muddatga axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.

Top