19:14 / 04.08.2015
2886

Toshkentda yo‘lovchi haydovchining 5 mln so‘m pulini o‘g‘irlab ketdi

Toshkentning Sirg‘ali tumanida yo‘lovchi haydovchining 5 mln so‘m va 7 400 dollar pulini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, Qashqadaryo viloyatidan kelayotgan haydovchi Bekzod yo‘l-yo‘lakay 40 yoshdagi Murod ismli toshkentlik shaxsni o‘z mashinasiga mindirib, manziliga eltib qo‘ymoqchi bo‘lgan. Havo issiqligi tufayli u do‘konlardan biri oldida to‘xtab, suv olgani chiqib ketgan. Vaziyatdan foydalanib, Murod uning mashinada qoldirilgan pullarini o‘g‘irlab ketgan.
Haydovchi ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. O‘tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida jinoyatchi topilgan va jazoga tortilgan.

Top