"Arsenal" jamoasi yarim himoyachisi Jyek Uilsher APLning yangi mavsumi startidagi o‘yinlarda tizzasidagi jarohat tufayli ishtirok eta olmasligi mumkin.
The Daily Mail nashrining xabar berishicha, 23 yoshli bu futbolchi 2 avgust kuni Angliya Superkubogi uchun "Chelsi"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda ham shu tufayli maydonga tusha olmagandi.
Uning jarohati tuzalishi uchun 3 hafta vaqt talab etiladi.
Shu tariqa, Uilsher APLning "Vest Xem" va "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. 24 avgust kuni "Liverpul"ga qarshi o‘tkaziladigan 3 tur o‘yinida ham uning ishtirok etishi so‘roq ostida qoladi.
Eslatib o‘tamiz, Uilsher 2011 yilda o‘ng tizzasini operatsiya qildirgandi.