10:01 / 05.08.2015
7919

“IShID” jangarilari qo‘lga olingan asiralar uchun narx belgilangan prays-list tarqatgani ma'lum qilindi

“IShID” terrorchilik tashkiloti jangarilari qo‘lga olingan ayollar va bolalarga narxlar belgilangan prays-listni tarqatgani ma'lum qilindi. Bu haqda BMT Bosh kotibining jinsiy zo‘ravonlik va to‘qnashuvlar bo‘yicha maxsus vakili Zaynab Bangura ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

Bangura joriy yilning aprel oyida Iroqda bo‘lganda uning qo‘liga asir bolalar uchun narxlar belgilangan “IShID”ning broshyurasi tushib qolgan. “Qizlarni go‘yoki neftni sotgandek sotishmoqda. Har bir qizni 5-6 erkak sotib olishi yoki sotib yuborishi mumkin. Ba'zida jangarilar qizlarni o‘z oilalariga minglab dollar evaziga qaytarishmoqda”, deb ma'lum qildi Bangura.

Banguraning aytishicha, 1 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan qizlar va o‘g‘il bolalar 165 dollar, 11-16 yoshli o‘smirlar 124 dollardan sotilmoqda.

Dastlab “IShID” yetakchilari o‘zlariga yoqqan asirlarni tanlab oladi, qolganlar esa sotuvga qo‘yiladi. Bu yerda ular minglab dollarga sotib yuborilishlari mumkin. Bu tariqa sotilmay qolgan asirlar esa prays-listdagi narxlar bo‘yicha taklif qilinadi, deydi Bangura.

Banguraning aytishicha, ekstremistlar jinsiy zo‘ravonlikdan o‘zlari bosib olgan hududlarda diniy va milliy kamchiliklarni qo‘rqitish vositasi sifatida foydalanadi.

Top