09:45 / 05.08.2015
2445

AQShda 3D-printer yordamida yaratilgan dorilardan foydalanishga ruxsat berildi

AQShning mahsulotlar va dori vositalari bo‘yicha ma'muriyati 3D-nashr texnologiyasi bilan yaratilgan dorilarni qo‘llashga ruxsat berdi.

Shu yo‘l bilan Aprecia Pharmaceuticals kompaniyasi tomonidan Spritam dori vositasi yaratildi. U tutqanoqni nazorat qilishda qo‘llanadi.

Kompaniya ushbu texnologiya bo‘yicha boshqa dorilari ishlab chiqarishda davom etishni rejalashtirmoqda.

Top