12:49 / 05.08.2015
5068

Berdimuhamedov dronlar markazini ochib berdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ichki ishlar vazirligi qoshidagi yangi pilotsiz uchar apparatlar markazi ishini boshlab berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Markaz xollida o‘rnatilgan monitor bu yerda olib borilayotgan ishlarni bevosita kuzatib borish imkonini beradi. Markaz asosan dronlar yasash va ularni ishga tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
Radioelektronika bo‘limi bilan tanishish chog‘ida Berdimuhamedov uchar apparatlar konstruksiyasiga qiziqish bildirdi va bu borada markazda ishlayotgan mutaxassislardan batafsil tushuntirishlar oldi.
Shuningdek, uning uchun tayyor dronning parvozi namoyish etib berildi.

Top