12:51 / 05.08.2015
2781

Chet elliklarga Qozog‘istonning yopiq turistik obektlarida bo‘lish huquqi berildi

Chet ellik sayyohlar Qozog‘istonning yopiq turistik obektlarida bo‘lishi mumkin. Bu haqda mamlakat investitsiyalar va rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu obektlar ro‘yxatiga Katta Olma-Ota ko‘li, Chorin milliy tabiiy bog‘lari, Jung‘or Olatovi, Ko‘lsoy, Chimbuloq tog‘ kurorti, Medeo, Ko‘kjaylov, Ustyurt tabiat qo‘riqxonasi, Oqtov, Atirov, Uralsk, Ridder, Sariog‘och, Taraz shaharlari kirdi.

Hukumat qarori bosh vazir Karim Masimov tomonidan imzolandi va endilikda uni chop etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
2014 yil 16 aprelida imzolangan “Chegara chizig‘i, karantin chizig‘i va chegara zonasi sarhadlarini belgilash to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga binoan ko‘plab obektlar XXR bilan chegaradagi 25 km li zonaga kiritilib, hujjat tartibining qattiqlashtirilishi bois xorijlik turistlarning ularga borishi murakkablashgan yoki taqiqlangan edi. Buning uchun ichki ishlar vazirligidan maxsus rusxatnoma olish talab etilar edi.

Shu bois investitsiyalar va rivojlanish vazirligi mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda turistik obektlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan obektlar cheklovlardan ozod qilinadi.

Top