11:47 / 05.08.2015
3949

Comedy Club rezidenti yo‘l-patrul xizmati avtomobilini urib yubordi

Moskvada Comedy Club rezidenti 32 yoshli Demis Karibov ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Ushbu voqea Moskva markazida 1 avgust kuni sodir bo‘lgan, biroq u haqida 4 avgust kuni ma'lum bo‘ldi.

Karibov o‘zining Land Rover mashinasida yo‘l-patrul xizmati avtomobilini urib yuborgan.

Zarbadan mashina yo‘ldan chiqib ketib, yaqin oradagi bino burchagiga urilgan. Yo‘l-patrul xizmati mashinasining oldi tomoni to‘liq pachoqlangan. Ma'lum qilinishicha, to‘qnashuv “Yo‘l ber” belgisiga rioya qilmagan Karibovning aybi bilan sodir bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, hech kim jabrlanmagan.

Top