00:08 / 05.08.2015
6704

Dmitriy Guberniyev yana xatoga yo‘l qo‘ydi

Qozon shahrida davom etayotgan suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kunida chorak va yarim final bellashuvlari o‘tkazildi.

50 metrga brass usulida suzish bo‘yicha hamyurtimiz Vladislav Mustafin yarim finalga chiqishni uddalagandi. Ammo tajribali sportchimiz yarim final bahslarida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va musobaqani tark etdi.

Ta'kidlash joizki, yarim final bellashuvlarini sharhlab borgan rus suxandoni sportchimizni Belarus respublikasi vakili sifatida tanishtirdi. Dmitriy Guberniyev ilgari ham xuddi shunday xatoga yo‘l qo‘ygandi. O‘shanda Sochi shahridagi qishki Olimpiada o‘yinlari ochilish marosimi translyatsiyasi paytida Guberniyev adashib, O‘zbekiston jamoasini Tojikiston deb tanishtirgan edi.

Manba: sports.uz

Top