10:36 / 05.08.2015
2039

Garet Beyl: Men qanotlardan ko‘ra markazda yaxshiroq o‘ynayman

"Real" jamoasining uelslik futbolchisi Garet Beyl o‘ziga qanotdan ko‘ra markazda o‘ynash ma'qulligini aytib o‘tdi.

"Markazda men o‘zimni juda yaxshi his qilaman. "Tottenhem"ga kelganimda markazda o‘zimning eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsata olishimni his qilgandim. Uels terma jamoasida ham shu nuqtada harakatlanishim foydaliroq bo‘lgan. Men hamisha markazda o‘ynashni istayman.

Men albatta ikki qanotda ham yaxshi o‘ynay olaman. "Tottenhem"da chap qanotda o‘ynaganman.
Lekin, "Real"da prezident va bosh murabbiy mening istagimga ko‘ra shu o‘rinni berishdi. Markazda harakatlanish orqali jamoaning ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritishida yordam beraman", deydi Beyl.

Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelottining murabbiyligi davrida bu futbolchi 2 mavsum davomida o‘ng qanot hujumchisi sifatida harakatlandi.

Top