07:22 / 05.08.2015
3777

Google maxfiy ravishda o‘z avtomobil kompaniyasini yaratgani ma'lum bo‘ldi

Google kompaniyasi 2011 yilda Google Auto deb nomlangan o‘zining shaxsiy avtomobilsozlik kompaniyasini tashkil etgan. Bu haqda kompaniyaning ichki hujjatlariga iqtibos keltirgan holda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Ushbu avtomobilsozlik kompaniyasi doirasida Google o‘zining avtopilotda ishlovchi mashinalarini yaratadi. Kompaniyaga Google’da avtopilotda harakatlanuvchi avtomobillarning ishlanishiga javobgar Kris Armson rahbarlik qilmoqda.

Hujjatlarga ko‘ra aynan Google Auto avtopilot o‘rnatilgan barcha 23ta avtomobil ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bular deyarli Lexus RX gibrid yo‘ltanlamaslari hisoblanadi.

Top