07:09 / 05.08.2015
2324

Hindistondagi toshqinlar 220 nafardan ko‘proq kishining umriga zomin bo‘ldi

220 nafardan ko‘proq kishi Hindistondagi suv toshqinlari qurboniga aylandi, deb xabar berdi 4 avgust kuni Hindiston ichki ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda NetIndian nashri.

Birdaniga 5 shtat hududidan yog‘ib o‘tgan jalali yomg‘irlar Hindistonning sharqida va g‘arbida toshqinlar keltirib chiqardi. G‘arbiy Bengaliya, Manipur, Rajaston, Gujarot va Odisha shtatlarida o‘tkazilayotgan qutqaruv operatsiyalarida qutqaruvchilar bilan bir qatorda armiya bo‘linmalari va harbiy aviatsiya ishtirok etmoqda.

2014 yilda Hindiston shimolida va Pokistonda sodir bo‘lgan toshqinlar oqibatida 440 nafardan ko‘proq odam halok bo‘lgan edi. Rasmiylar bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Pokistonda 241 kishi, Hindiston kamida 200 kishi halok bo‘lgan. Fojia hududidan 60 mingdan ziyodroq odam evakuatsiya qilingan edi.

Top