16:07 / 05.08.2015
2482

Kattaqo‘rg‘on markaziy bozorini rekonstruksiya qilishning ikkinchi bosqichi boshlandi

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahridagi markaziy bozorni rekonstruksiya qilishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu haqda «Samarkandskiy Vestnik» nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, ta'mirlash ishlaridan keyin «Dehqonbozori» bozori xaridorlar va sotuvchilar uchun yangi qulayliklarga ega bo‘ladi va yangicha ko‘rinish kasb etadi.

«Dehqonbozori» MChJ raisi Abdulla Rahmonovning ma'lum qilishicha, mustaqillik bayrami arafasida bozorda oltita zamonaviy pavilon va 350 savdo o‘rinlari foydalanishga topshiriladi. Hozirgi kungacha bozordagi savdo do‘konlari va rastalari 250ta savdo o‘rinlarida joylashgandi. Hozirda qurilish va ta'mirlash ishlar davom ettirilmoqda.

Top