07:46 / 05.08.2015
6893

Muborak gazni qayta ishlash zavodi mas'uliyati cheklangan jamiyatga qayta o‘zgartiriladi

“O‘zneftegazqazish” AKning sho‘'ba korxonasi – Muborak gazni qayta ishlash zavodi mas'uliyati cheklangan jamiyatga qayta o‘zgartirilmoqda. Bu haqda kompaniya bergan xabarda aytilmoqda.

Jahondagi eng yirik gazni qayta ishlovchi zavodlardan biri hisoblangan Muborak GQIZ har yili 30 mlrd kub metr gazni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan. Zavod 1971 yildan beri faoliyat yuritib keladi.

Korxona barqaror gaz kondensati, suyultirilgan uglevodorod gazlari va texnik gaz oltingugurt ishlab chiqaradi.

2007 yilda zavod tomonidan ishlab chiqariluvchi texnik oltingugurt xalqaro menejment sifati tizimi tomonidan sertifikatlangan.

Ayni paytda 2015 yilga mo‘ljallangan investitsion dasturga ko‘ra, zavodda O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari ishtirokida gazni oltingugurtdan tozalash bo‘yicha uchta blok qurilishi nazarda tutilgan 221,6 mln dollarlik investitsion loyiha amalga oshirilmoqda.

Top