11:25 / 05.08.2015
3394

NATO askarlari patronlar yetishmovchiligi tufayli o‘q ovoziga o‘xshash ovozlar chiqargan holda mashq qilishmoqda

NATOning Niderlaniyadagi bazasida harbiy mashg‘ulotlar sifatsiz darajada o‘tmoqda. Moliyalashtirish yetarlicha darajada bo‘lmayotgani oqibatida patronlar tanqisligi kelib chiqmoqda va askarlar o‘q otish mashg‘ulotlari paytida o‘qdonlari bo‘sh bo‘lgani sababli o‘z ovozlari bilan o‘q tovushiga o‘xshash ovozlar bilan mashg‘ulot o‘tashga majbur bo‘lmoqda.

Bunday dala mashg‘ulotlarida kamuflyaj kiyim, maskirovka va jangovor qurol-aslahaga “burkanib” olgan harbiylar to‘siqlarni kechib o‘tib, raqibga qarshi hujumni “beng-beng-beng” kabi tovushlar chiqargancha tasvirlashmoqda.

RTL News nashri mahalliy siyosatchi va amaldorlardan armiyadagi bunday “salt” amaliyotga izoh berishni so‘rashdi. Gollandiyalik mas'ul shaxslar bunday vaziyat askarlarning jangovor ruhiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi haqidagi fikrga kelishdi.

“Jangovor tayyorgarlik mashg‘ulotlarida harbiylar kelgusida ularga turli vazifalarni bajarishda kerak bo‘ladigan o‘q uzish malakalarini egallashlari lozim”, deb aytdi Gaaga strategik tadqiqotlar markazi xodimi Ludi de Vos.

Gollandiya Mudofaa vazirligida vaziyatga izoh berishdan bosh tortishdi, biroq patronlar haqiqatda yetishmayotgani va buni “yetkazib berishdagi uzilishlar” sababli yuz berayotganini ta'kidlashdi.

Top