18:20 / 05.08.2015
8400

O‘zbekistonda LG G4 narxi 16,2 foizga arzonlashdi

Joriy yilning iyul oyi o‘rtasida Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi tomonidan 3 mln so‘mdan yuqori narxda taklif etilgan LG G4 smartfoni bugunga kelib (04.08.2015) 500 ming so‘mga arzonlashgan (16,2 foiz).

Ayni vaqtda do‘konlarda bu smartfon 2,5 mln so‘m atrofidagi narxda sotilmoqda.

Ma'lumot uchun, ayni kunda LG G4 kompaniyaning bozordagi eng qimmatbaho smartfoni hisoblanadi. Undan oldinroq taqdim qilingan G3 cmartfoni esa O‘zbekiston bozorida 1,8 mln so‘mdan sotilmoqda.

Top