00:16 / 05.08.2015
3759

Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarani qo‘riqlashni kuchaytirdi

Qirg‘izistonning janubida joylashgan Botken viloyatida joylashgan chegara otryadlari Tojikiston chegarasidagi vaziyatning keskinlashuvi tufayli kuchaytirilgan xizmatni o‘tash tartibiga o‘tkazildi. Bu haqda Qirg‘iziston Chegara xizmati ma'lum qildi.

“Bu hududdagi chegaraning qo‘riqlanishi kuchaytirildi, biroq Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasidagi Botken viloyatidagi nazorat-o‘tkazish punktlarida chegara nazorati oddiy tartibda amalga oshirmoqda”, deb aytilmoqda Chegara xizmatida. Chegara xizmati xodimlarining aytishicha, ayni paytda chegara tuzilmalari va mahalliy hukumat vakillari aholi bilan tushuntirish ishlari olib bormoqda.    

Top