12:49 / 05.08.2015
7001

Samarqandda XI asrda Qoraxoniylar tomonidan qurilgan tarixiy suv ombori qayta tiklanmoqda

Samarqand viloyati Nurobod tumanining Jom qishlog‘ida XI asrda Qoraxoniylar tomonidan qurilgan «G‘ishtband» tarixiy suv omborini qayta tiklash ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasining internet nashrida xabar berilgan.

Umumiy maydoni 12 gektar, to‘siq inshooti balandligi 20 metr bo‘lgan mazkur suv ombori qurilishiga respublika maxsus suv qurilish boshqarmasi quruvchilari bosh-qosh bo‘lishmoqda.

Gazetada yozilishicha, 10 asr oldin qurilgan bu inshootdan ayrim ashyolargina saqlanib qolgan xolos. Ushbu inshoot ishga tushgach, yopilib qolgan buloqlar ochilib, suv tanqisligi muammosi barham topadi. 400 gektar yer o‘zlashtirilib, dehqonchilik qilish, qolaversa, baliqchilik xo‘jaliklari tashkil etish imkoni yaratiladi.

Top