09:11 / 05.08.2015
2397

Tojikiston chegarachilari 4 nafar afg‘onistonlik nashafurushni yo‘q qilib, 330 kg giyohvand moddani ushlab qolishdi

Tojikiston chegara qismlari yaqinda o‘tkazilgan 4ta operatsiya chog‘ida Afg‘onistondan mamlakatga kirishga harakat qilgan 4 nafar nashafurushni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi axborot berdi.

Qurolli to‘qnashuvlar chegaraga yaqin Hamadoniy va Panj tumanlarida sodir bo‘ldi.

Natijada jinoyatchilar yonidan topilgan 330 kg giyohvand modda yo‘q qilindi. Bular ichida 15.3 kg afyun ham bor edi.

Top