18:59 / 05.08.2015
10597

Turkiyalik juftlik 4 ming suriyalik qochqinga to‘y dasturxoni yozdi

Turkiyaning Kilis viloyatida nikohdan o‘tgan juftlik 4 ming nafar suriyalik qochqinga to‘y dasturxoni yozdi. Kuyov Fathulloh Uzumjuo‘g‘li va kelin Esra Po‘lat suriyalik qochqinlarga yordam berish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatish uchun shunday qarorga kelishdi.

Odatda turk to‘yi seshanba kuni boshlanib, chorshanba kuniga qadar davom etadi, dasturxon qarindoshlar va qo‘ni-qo‘shnilar, tanishlar uchun yoziladi. Ammo ushbu juftlik bu odatdan voz kechdi. Tantanalarda, qarindoshlar va yaqinlardan tashqari, 4 ming qochqin ham ishtirok etdi. G‘oya kuyovning otasi Ali Uzumjuo‘g‘liga tegishli. To‘y tantanalarining suratlari Turkiyaning Kimse Yok Mu (KYM) nodavlat gumanitar tashkilotining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joylashtirildi.

Kilisda 4 ming nafar suriyalik qochqin turibdi. Turkiya bo‘yicha qochqinlar miqdori 1 mln kishini tashkil qiladi.

Top