13:04 / 05.08.2015
13206

Xonandalar Lola va Tamila “O‘zbeknavo”ning xatti-harakatlarini muhokama qildi

O‘zbekistonlik xonandalar Lola va Tamila Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Jamoat nazorati” (“Obshchestvennyy kontrol”) guruhidagi muhokamalardan birida ishtirok etishdi. Ushbu mavzu “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining xonandalarga litsenziyalarni qaytarib berish niyati yo‘qligiga bag‘ishlangan edi.

Tamila muhokama chog‘ida uning litsenziyasi Zolim qo‘shig‘iga ishlangan videoklip tufayli tugatilganligidan nolidi. Shuningdek, u muhokamada ishtirok etganlarga uni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
“O‘zbeknavo” iyul oyining o‘rtalarida Lolaning, avgustning boshida esa Tamilaning litsenziyalarini to‘xtatib qo‘ydi. Birlashma vakili Odiljon Abduqahhorov Tamilaning “bo‘lmag‘ur” kliplar ishlayotgani, Lola esa “ochiq-sochiq” kiyinayotganini bunga sabab qilib ko‘rsatdi.

Bundan tashqari, Abduqahhorov “O‘zbeknavo” qizlarning xatti-harakatlarini kuzatishda davom etayotganini hamda ular yaxshi tomonga o‘zgarmagan taqdirda litsenziyalar qaytarilmasligini bayon qildi.

Top