19:52 / 05.08.2015
2227

Xorijda dam oluvchi rossiyalik sayyohlar soni yoz davomida 30 foizga kamayib ketdi

Rossiya turoperatorlari uyushmasi ijrochi direktori Mayya Lomidzening ma'lum qilishicha, xorijda dam oluvchi rossiyalik sayyohlar soni yoz davomida 30 foizga kamayib ketdi.

Lomidzening aytishicha, iyul o‘rtalarida biroz jonlanish kuzatilgan, biroq sayyohlar 2014 yilga nisbatan baribir ozchilikni tashkil qilgan. Rossiya rubli qadrsizlanib ketgandan keyin, rossiyaliklar kamroq darajada xorijga sayr qilgani bormoqdalar.

Lomidzening ta'kidlashicha, tahlilchilarning dastlabki prognozlariga ko‘ra, 2015 yilda xorijga dam olgani boradigan rossiyaliklar soni 12 mln dan oshmaydi. 2014 yilda 15 mln rossiyalik xorijiy davlatlarga hordiq chiqargani borgan.

Top