Qozog‘istonning "Ordabasi” jamoasida harakat qiladigan 30 yoshli o‘zbekistonlik hujumchi Aleksandr Geynrix 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
U Qozog‘iston chempionatining 22-turdan o‘rin olgan «Irtish»ga qarshi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatli o‘yinning 87-daqiqasida raqib futbolchisi Karlush Fonsekaning oyog‘iga zarba bergani uchun qizil kartochka olgandi.
Shu tariqa, Geynrix 20 20 sentabrga qadar ichki chempionat o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi.